"Barselona" markaziy himoyachisi Inigo Martines kecha bo‘lib o‘tgan "Atletiko"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Ispan OAV xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi taxminan 3 haftaga safdan chiqdi. Uning o‘ng tizzasi jarohatlangan.
Futbolchi YECHL chorak finalidan o‘rin olgan "Borussiya D"ga qarshi dastlabki o‘yingacha safga qaytmoqchi.













