"Barselona" yarim himoyachisi Pedri joriy mavsumdagi asosiy maqsadi nima ekanligini aytdi.
"Men Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni xohlayman. Bu men yutmagan sovrin va "Barsa" ham uzoq vaqt davomida uni qo‘lga kirita olmagan", - dedi 22 yoshli futbolchi Mundo Deportivo bilan suhbatda.
"Barselona" YECHL chorak finalida "Borussiya Dortmund" bilan to‘qnash keladi.