"Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Pau Prim faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, 19 yoshli tayanch yarim himoyachisi kataloniyaliklar bilan yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmaydi va Qatarning "As-Sadd" klubiga erkin agent sifatida o‘tadi.
Transfermarkt Primni hozirda 500 ming yevroga baholamoqda.