Argentina terma jamoasi bugun tongda Jahon chempionati saralash bahsida Urugvayni mag‘lub etdi - 1:0.
Bu o‘yin "albiseleste" darvozaboni Emiliano Martines uchun terma jamoa safidagi yubiley 50-bahs bo‘ldi.
50 ta o‘yindan 36 tasida darvozabon gol o‘tkazib yubormagan.