Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 929-golini urdi.
"An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Millatlar Ligasi 1/4 finali doirasida Daniyaga qarshi javob o‘yinining 72-daqiqasida gol urdi.
Ronaldu terma jamoadagi faoliyatidagi 136-golini urdi. Klublar miqyosida Krishtianu 793 ta gol urgan.