"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Ispaniya terma jamoasidagi jamoadoshi Lamin Yamal haqida gapirdi.
"Ko‘k-anorranglilar"ning ikkala vakili ham Millatlar Ligasi chorak finalida "qizil furiya"ga Niderlandiya terma jamoasini mag‘lub etishga yordam berishdi. Qarama-qarshilik taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi, unda Luis de la Fuente jamoasi 5:4 hisobida ustun keldi.
"Yamal o‘yindagi jozibani ta’minlaydi. Uning goleadorlik salohiyati shundoq ham ko‘rinib turibdi va u buni rivojlantirishda davom etadi," - deya Pedrining o‘yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi The Touchline.