"Bavariya" vingeri Maykl Olise Fransiya terma jamoasidagi ilk golini nishonladi.
23 yoshli futbolchi Millatlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi javob uchrashuvining 52-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. "Bavariya" vakili uchun bu "uchranglilar" safidagi debyut gol bo‘ldi. U mamlakat bosh terma jamoasi libosida oltinchi o‘yinini o‘tkazdi.
Maykl Olise Fransiya terma jamoasi safida o‘tgan yilning sentyabr oyida Millatlar ligasi guruh bosqichida Italiyaga qarshi o‘yinda (1:3) debyut qilgandi.