Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Belgiyalik iqtidorli darvozabon uchun "Man Siti" va "Man Yunayted" kurashadi

Belgiyalik iqtidorli darvozabon uchun "Man Siti" va "Man Yunayted" kurashadi

Baho:
+ | -

CaughtOffside nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Manchester shahrining ikki grandi yozda o‘zlariga yangi darvozabon qidirishadi. Bundan tashqari, ular bir o‘yinchi uchun raqobatlashadi.

Manbalarga ko‘ra, "Antverpen"ning belgiyalik 22 yoshli darvozaboni Sen Lammens Yevropa va APLning bir qator klublari radariga tushib qolgan. Ular orasida "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" bor.

"Siti" Lammensni Edersonning kelajagi noaniqligini inobatga olib, uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida baholamoqda. Ular uni Stefan Ortega uchun yosh raqobatchi sifatida ko‘rishadi. Ruben Amorim esa Onananing joriy mavsum "MYU"dagi o‘yinlaridan qoniqmayapti va yangi darvozabon topmoqchi. Qayd etilishicha, "Antverpen" Lammens uchun taxminan 20-25 million yevro talab qilmoqda.

Qo‘shimcha qilamizki, 22 yoshli darvozabon joriy mavsum "Antverpen" safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol o‘tkazib yuborgan va 7 marta o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Kiritildi: 17:10, 25.03.2025.
O'qildi: 1646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.