Kirish Ro'yxatdan o'tish

Belgiyalik mashhur himoyachi mavsum yakunida faoliyatini yakunlaydi

Belgiyalik mashhur himoyachi mavsum yakunida faoliyatini yakunlaydi

Baho:
+ | -

Belgiyalik mashhur himoyachi Yan Vertongen mavsum yakunida 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda Yanning o‘zi ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

"Ko‘p o‘yladim va bu faoliyatimdagi so‘nggi o‘yinlarim bo‘ladi, degan qarorga keldim. Men ko‘p narsaga erishdim, bu oson bo‘lmagan, ammo to‘g‘ri qaror edi," - deb yozadi Vertongen.

Eslatib o‘tamiz, Vertongen 2024 yilning yozida Belgiyaning "Anderlext" klubi bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi. Bungacha Yan faoliyatida "Ayaks," Londonning "Tottenxem" va Lissabonning "Benfika" klublari bo‘lgan. U "shporlar" safida 2012 yildan 2020 yilgacha sakkiz yil davomida o‘ynagan.

Vertongen, shuningdek, Belgiya terma jamoasi safida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lib, u 157 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 00:22, 26.03.2025.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик