Braziliya terma jamoasi himoyachisi Markinyos JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Argentinaga qarshi o‘yindagi yirik mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. "Selesao" safarda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Bunday natijadan keyin nimadir deyish qiyin. Bu sharmandalik. Biz prinsipial qarama-qarshilikda juda alamli mag‘lubiyatga uchradik. Bu takrorlanmasligi kerak. Bilamiz, muxlislarimiz juda xafa. Ularni xotirjamlikka chaqiraman. Boshni ko‘tarib, oldinga siljish kerak," - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Globo.