Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ro‘ziqul Berdiyev: "Biz foydalanilmagan imkoniyatlardan foydalanganimizda, balki g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Biz foydalanilmagan imkoniyatlardan foydalanganimizda, balki g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi"

Baho:
+ | -

"Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvidan keyin qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlar savollariga javob berdi. Dastlab o‘yin haqida to‘xtalib, o‘z fikrlarini bayon qildi.

- Bugungi o‘yinda ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz foydalanilmagan imkoniyatlardan foydalanganimizda, balki g‘alaba ham qozonishimiz mumkin edi. Bugungi uchrashuvda ikki jamoa ham g‘alabaga loyiq emasdir-u, ammo o‘yin chiroyli va mazmunli bo‘ldi deb o‘ylayman.

Savol: Javohir Sidiqov bir soat davomida harakatlanib, keyin zaxiraga olindi. Keyin Golban maydonga tushdi. Sabablarini tushuntirib bersangiz.

- Javohirni zaxiraga olishimizga sabab, uning jismoniy holatiga ham qaradik. Chunki ko‘pgina futbolchilarimizda ma’lum sabablarga ko‘ra tetiklik yetishmadi. Javohirni o‘rnida harakat qilgan Murodbek ham yomon taassurot qoldirmadi. Bugungi o‘yinda kichik detallarni hisobga olib Shuhrat bilan G‘olibni markaziy himoyada o‘ynatdik. Menimcha ikkalasi ham vazifasini yaxshi bajardi. Chunki bilasizlar, "Neftchi" jamoasida tezkor futbolchilar bor, shu uchun tezroq yuguradigan markaziy himoyachi rolida Shuhratdan foydalandik. Shuhratni ko‘ryapsizlar, 34-35 ga kirib qo‘ygani bilan ham tezligini yo‘qotmayapti. O‘sha uchun bemalol ayta olishim mumkin, u yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

- Cholovichni maydonga tushirmadingiz?

- Cholovichning pozisiyasida bugun Nurulloyev o‘ynadi va o‘tgan turda ham Suhrob "Andijon"ga qarshi bahsda yaxshi taassurot qoldirgandi. Mashg‘ulotlarda ham ko‘ryapmiz, Suhrobning holati ancha yaxshi. Faqatgina darvozaga oxirgi zarbani berishda va paslarda biroz kamchiliklar kuzatildi.

- Ikkala jamoa ham chempionlikka da’vogar sanaladi, lekin o‘yin chempionlar o‘yiniga xos bo‘lmadi. Bunga nima deysiz?

- O‘yinni men yana qayta ko‘rib chiqishim kerak. Lekin siz so‘rayotgan futbolni hech qaysi jamoa hali ko‘rsatmayapti. Buni bir nechta sabablari bor, chunki ko‘p jamoalar 90 daqiqa bir xil, yuqori tempda o‘ynashmayapti va ularda intensivlik ko‘rinmayapti. Ammo ayta olamanki, ikkala jamoada ham mahoratli futbolchilar bor va ular chempionlik uchun bemalol kurash olib borishadi.

- Sherzodni yo‘qligi bilinyapti, chunki u bilan chap qanotimiz juda kuchli edi.

- Ha, buni o‘zimam yaxshi bilib turibman. Sherzodning yo‘qligi Oybekning o‘yiniga ham ta’sir ko‘rsatyapti. Xabaringiz bor, Sherzodda jarohat bo‘lishiga qaramay milliy jamoaga chaqirildi va mashg‘ulotlarda u jarohatini yangilab oldi. Shu jumladan Umar ham milliy jamoa bazasidan jarohat bilan qaytib keldi. Eron bilan o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat olgan va og‘riq qoldiruvchi ukol bilan ikkinchi bo‘limni davom ettirgan. Jamoamizga qaytganidan keyin jarohati bezovta qildi va bugungi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Albatta bu futbolchilar bugun tarkibimizda bo‘lishganida, bundanam yorqinroq o‘ynagan bo‘lardik. E’tiboringiz uchun rahmat, barchangizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Kiritildi: 23:23, 29.03.2025.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.