Kirish Ro'yxatdan o'tish

Roys Jud Bellingem haqida gapirdi

Roys Jud Bellingem haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Hozirda "Los-Anjeles" sharafini himoya qilayotgan Marko Roys "Borussiya Dortmund" safida o‘ynab yurgan vaqtidagi sobiq jamoadoshi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.

"Jud "Dortmund"ga kelganida 17 yoshda edi va men darhol uning bu klubda o‘ynash uchun zarur kuch va fazilatlarga ega ekanligini ko‘rdim.

U doimo 90-95 daqiqa davomida o‘ynashni xohlaydigan, katta iste’dod va yurak egasi bo‘lib, endi buni "Madrid"da ham ko‘rishingiz mumkin. Statistika, ayniqsa o‘tgan yilgi, uning foydasiga gapirmoqda", - dedi 35 yoshli nemis yarim himoyachisi.

Jud 2023 yilning yozida "Borussiya"dan "Real"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 12:18, 31.03.2025.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.