Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ueyn Runi jamoat joyida nomaqbul ish qilgani uchun jarimaga tortilishi mumkin

Ueyn Runi jamoat joyida nomaqbul ish qilgani uchun jarimaga tortilishi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi jamoat joyida hojat chiqargani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Angliya terma jamoasining sobiq sardori Londonda devor yonida hojat chiqarayotgan paytida ko‘zga tashlangan. Bu voqea Ueyn do‘stlari bilan Londondagi ikki barda dam olgan kechada sodir bo‘lgan. Shu kechada ro‘y bergan voqealar, jumladan ushbu hodisa suratga olingan. Buyuk Britaniyada jamoat joyida hojat chiqarish jinoyat deb hisoblanishi mumkin va bu uchun jarima yoki hatto sud ishlari qo‘zg‘atilishi ehtimoli bor.

Runi kameraga tushgan Vestminster shahar kengashi jamoat joyida hojat chiqarganlar uchun 1000 funt miqdorida jarima soladi. Ammo polisiya ma’lum qilishicha, "Plimut" jamoasining sobiq murabbiyiga nisbatan hech qanday shikoyat kelib tushmagan. Shuni ta’kidlash kerakki, bu Runining birinchi bunday holati emas. 2013 yilda ham u Manchesterdagi Dalton ko‘chasida axlat qutisi yonida hojat chiqarayotgan paytida suratga olingan edi.

Runi o‘z professional futbolchilik faoliyati davomida "Everton", AQSHning "Di-Si Yunayted" va "Derbi Kaunti" jamoalarida to‘p surgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:00, 31.03.2025.
O'qildi: 3065 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.