Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogida necha marta ishtirok etgan?

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogida necha marta ishtirok etgan?

Baho:
+ | -

3 aprel kuni Saudiya Arabistonida start oladigan bu galgi Osiyo kubogi OFK tomonidan 20-bor tashkil etilmoqda. Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi avvalgi turnirlarning 10 tasida (1994, 1996, 2002, 2004, 2008, 2010, 2012, 2014, 2016, 2023) ishtirok etgan va raqiblar darvozasiga 74 ta gol kiritgan. Shuningdek, jamoamiz 46 uchrashuvda 19 g‘alaba, 10 durang va 17 mag‘lubiyat qayd etgan.

Mamlakatimiz ikki bor – 2008 va 2010 yillarda o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilgan. 2010-yilgi turnirda Aleksey Yevstafeev boshqaruvidagi o‘smirlar jamoamiz finalga qadar yetib borgan va yakunda kumush medallar bilan taqdirlangan. Aynan ushbu turnirda Timur Hakimov eng yaxshi futbolchi va musobaqa to‘purari bo‘lgan.

Ushbu yosh toifasidagi eng katta yutug‘imiz, shubhasiz, 2012 yilda qayd etilgan. Eronda o‘tkazilgan qit’a birinchiligida Dilshod Nuraliyev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2023 yil Tailand mezbonlik qilgan Osiyo kubogida Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi yarim finalga qadar yetib borgan va 11 yillik tanaffusdan so‘ng, U-17 Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan.

Kiritildi: 18:13, 01.04.2025.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.