Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" Luis Enrikega qiziqib qoldi

"Inter" Luis Enrikega qiziqib qoldi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi yozgi transferlar oynasiga qizg‘in tayyorgarlikni boshlab yubordi. "Neradzurrilar"ning eng asosiy xaridlaridan biri "Marsel" vingeri Luis Enrike bo‘lishi mumkin.

"Marsel" 23 yoshli braziliyalikni kamida 30 million yevroga sotishi kutilmoqda. Klublar bir-biri bilan yaxshi munosabatda bo‘lgani va allaqachon boshqa o‘yinchilar bo‘yicha bir nechta qo‘shma bitimlarni ishlab chiqqani sababli, bu kelishuv qisman almashinuvga aylanishi mumkin, deb xabar beradi Sultofcalcio.

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, Enrike uchun Myunxenning "Bavariya" klubi da’vogarlik qilmoqda. Fransiya chempionatining joriy mavsumida futbolchi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:15, 01.04.2025.
O'qildi: 1022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик