Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

“Real” 2023-24-yilgi mavsum YCHLda eng ko‘p pul ishlab topdi

“Real” 2023-24-yilgi mavsum YCHLda eng ko‘p pul ishlab topdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

UEFA Chempionlar Ligasi 2023/24-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra, Madridning “Real” klubi eng katta miqdorda mablag‘ ishlab topgan jamoa bo‘ldi. Turnirda g‘oliblik, barcha bosqichlardagi ishtirok va teletranslyasiyalardan tushgan daromadlar orqali “qaymoqranglilar” umumiy hisobda 139 million yevroga yaqin foyda ko‘rgan.

Ushbu reytingning ikkinchi pog‘onasidan Parijning “PSJ” klubi joy oldi – fransuz grandi o‘tgan mavsum YCHL ortidan 122,4 million yevro qo‘lga kiritgan. Kuchli uchlikni esa finalgacha yetib borgan Dortmundning “Borussiya” jamoasi yakunladi – klub 120 million yevro foyda olgan.

“Manchester Siti” 110,5 million yevro ishlab topgan bo‘lsa, UEFA Superkubogida ishtirok etgani uchun yana 4,5 million yevro mukofot oldi. “Barselona” esa YCHLdagi ishtiroki evaziga 98 million yevro daromad oldi.

Guruh bosqichidayoq musobaqani tark etgan va o‘z guruhida oxirgi o‘rinni egallagan “Manchester Yunayted” ham taxminan 61 million yevro ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi. Turnir ishtirokchilari orasida eng kam mablag‘ ishlab topgan klub — Belgiyaning “Antverpen” jamoasi bo‘ldi. Ular 22 million yevrodan kamroq mablag‘ olgan.

Yevropa Ligasi bo‘yicha esa eng ko‘p daromad olgan klub Leverkuzenning “Bayer” jamoasi bo‘ldi – finalgacha yetib borib, “Atalanta”ga yutqazgan nemis klubi 41,2 million yevro daromad ko‘rdi. G‘olib chiqqan “Atalanta” esa 34 million yevroga yaqin pul ishlab topgan.

Umuman olganda, 2023/24-yilgi mavsumda UEFA klublar o‘rtasidagi yevrokuboklar uchun umumiy mukofot jamg‘armasi 2,2 milliard yevrodan oshdi. Yangi mavsumda esa turnirlar formatining isloh qilinishi sababli byudjet yana 25 foizga oshirilgan.

Kiritildi: 10:51, 05.04.2025.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.