Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Mirjalol Qosimov: «Qanotlarimizni yopib qo‘yishdi»

Mirjalol Qosimov: «Qanotlarimizni yopib qo‘yishdi»

Baho:
+ | -

Superliga 4-turi doirasidagi OKMK - «Dinamo» (0:0) uchrashuvidan keyin Mirjalol Qosimov mavsumda ilk bor ochko yo‘qotilgani haqida gapirar ekan, «Dinamo» himoyada ishonchli o‘yin namoyish etgani va OKMKning qanotlarini yopib qo‘yganini aytdi.

«Bugun ikki xil bo‘lim guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda jamoamni harakatlarini o‘zim ham tushunmay qoldim. Ikkinchi bo‘limda esa ikki taraflama ochiq futbol guvohi bo‘ldik. Yakunda murosasiz durang qayd etildi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan qo‘shilgan o‘yinchilar ko‘proq harakat qilishi kerak edi. Bunaqada keyingi o‘yinda qanaqasiga tarkibga tushmoqchi ular? O‘rniga men o‘ynab bermaymanku. Zaxiradan tushgan o‘yinchini foydasi tegishi kerak. Shundan asabiylashdim.

Marko Stanoyevichning bugun himoyada o‘ynagani menga yangilik bo‘lmadi. Biz ham o‘tgan mavsum yarimhimoyachilarni himoyada o‘ynatishga majbur bo‘lganmiz. Futbolchilar bir-birini to‘ldiradi, bu normal holat. Lekin haqiqatdan ham u bugun o‘z nuqtasini yaxshi yopa oldi, qolaversa, o‘ngda Hojimirzayev, chapda Fraydey himoyaga ham yordam berib, qanotlarimizni yopib qo‘ydi. Bu ham «Dinamo»ning darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga yordam berdi.

O‘tgan 4ta turdan keyingi xulosalar? Hali ertaroq. Jo‘jani kuzda sanaymiz», - dedi Mirjalol Qosimov o‘yindan keyin.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:19, 07.04.2025.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.