Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ilyos Zeytullayev «Buxoro» ustidan qozonilgan qiyin g‘alabani juda ehtirosli qabul qildi

Ilyos Zeytullayev «Buxoro» ustidan qozonilgan qiyin g‘alabani juda ehtirosli qabul qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Buxoro» uchrashuvidan so‘ng "qaldirg‘ochlar" ustozi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Hozir fikrni jamlab aniq nimadir qiyin. Boisi, hissiyotlar yuqori darajada. Ayrim vaqtlarda o‘ylab qolaman, faqat futbol shunday hissiyotlarni taqdim eta oladi. To‘liq bitta taym bir kishi kam bo‘lib harakat qilish, yakunda g‘alaba qozonish, yigitlar takrorlanmas ishni amalga oshirishdi. Albatta juda qiyin g‘alabadan xursandman. Zero, bugungi g‘alaba jipslik, bir-birini qo‘llash, katta mehnat evaziga qo‘lga kiritildi. Men jamoam bilan faxrlanaman!

Bugun maydonda harakat qilgan barcha futbolchilar haqiqiy ruhiyatni, xarakterni ko‘rsatdi. Maydonda necha daqiqa bo‘lishidan qat’iy nazar so‘nggi soniyalargacha kurasha olishlarini isbotlashdi.

Maydonda bir kishi kam bo‘lib qolganimizda ham futbol o‘ynashga, vaziyat yaratishga harakat qildik. Bunday g‘alabalar mehnat, sabr va ko‘zga ko‘rinmaydigan ko‘plab jihatlar evaziga qo‘lga kiritiladi. Albatta, bugungi g‘alaba futbolchilarniki, qolaversa, atrofimizda mehnat qilayotgan, ko‘zga ko‘rinmaydigan insonlarniki ham. Xususan, akademiyamiz oshxonasida ertalabdan kechgacha xizmat qilayotgan oshpazlarimizni, bizga maydonlarni tayyorlab berayotgan mutaxassislarimizni aytib o‘tmasam bo‘lmaydi.

Tanaffusda yigitlarni ko‘ziga qarab bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishimga ishongan edim. Shunchaki ular bunga ishonsa kifoya edi. Ishonishdi va buni uddaladik", — dedi Zeytullayev.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 12:06, 09.04.2025.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.