"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Aston Villa"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final birinchi o‘yinidan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 9 aprel kuni parijliklarning uy arenasida bo‘lib o‘tadi.
"Unai Emeri - top-murabbiy. "Aston Villa" - ajoyib jamoa. U oxirgi ikki yilda Emeri tufayli sezilarli darajada yaxshilandi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Javob o‘yini 15 aprel kuni Birmingemda bo‘lib o‘tadi.













