Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

O‘zbekiston milliy xokkey terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionatida ishtirok etadi

O‘zbekiston milliy xokkey terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionatida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Mart oyining boshida yoshlar terma jamoamiz o‘z yosh toifasidagi Jahon Chempionatida debyut qildi. Musobaqa Tailandda bo‘lib o‘tdi. Debyut muvaffaqiyatli bo‘ldi – yoshlar III B divizionida g‘alaba qozonib, nafaqat chempionlikni, balki keyingi bosqichga – III A divizioniga ko‘tarilishdi ham.

Endilikda ushbu yutuqni katta yoshli Milliy terma jamoamiz takrorlashga harakat qiladi. 2025 yil 13–19 aprel kunlari ular Armaniston poytaxti Yerevanda bo‘lib o‘tadigan IV divizion musobaqasida o‘z debyutini o‘tkazadi.

Raqiblarimiz Armaniston, Eron, Kuvayt, Indoneziya va Malayziya terma jamoalari bo‘ladi. Ularning barchasi ilgari jahon chempionatlarida ishtirok etgan, yagona debyutant esa – O‘zbekiston.

Milliy terma jamoamizning asosini U18 yoshlar terma jamoasining chempion yigitlari tashkil qiladi, ularga bir necha yillardan beri «Humo» jamoasida o‘ynab kelgan katta yoshli xokkeychilar qo‘shiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:15, 09.04.2025.
O'qildi: 1813 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик