"Inter Mayami"ning chap qanot himoyachisi Noa Allen jamoadoshi Lionel Messi haqida gapirdi.
37 yoshli forvard yaqinda bo‘lib o‘tgan KONKAKAF Chempionlar kubogi doirasidagi "Los-Anjeles"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
"Men uchun Messi hali ham dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U bilan bir jamoada o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan minnatdorman. Bizda top darajadagi futbolchilar ko‘p, ular o‘zlarini zo‘r ko‘rsatishadi, biz bilan suhbatlashishadi, ijobiy energiya bilan quvvatlantirishadi," - deya 20 yoshli Noa Allenning so‘zlarini keltiradi Inter Miami News Hub.













