Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Ivan Boshkovich: «Hozir «Dinamo»dek raqib bilan o‘yindan bir ochkodan qoniqmaslik mumkin emas, durang – ijobiy natija»

Ivan Boshkovich: «Hozir «Dinamo»dek raqib bilan o‘yindan bir ochkodan qoniqmaslik mumkin emas, durang – ijobiy natija»

Baho:
+ | -

Superliga 5-turi doirasidagi «Dinamo» - «So‘g‘diyona» (1:1) o‘yinidan keyin jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.

«Jangovar durang bo‘ldi. Birinchi bo‘limda jamoam kutganimdek o‘yin ko‘rsatdi. Ha, dastlabki 15-20 daqiqa raqib bosim qildi, keyin esa barchasini to‘g‘ri bajardik. Ikkinchi bo‘limda esa yaxshiroq o‘ynadik, himoyada ham ishonchliroq ko‘rindik. Raqib faqat dastlabki daqiqalarda tajovuzkor bo‘ldi. Sababi ular kuchli pressing bilan bizning oldinroqqa chiqishimizga yo‘l qo‘yishmadi. Tanaffusdan keyingi o‘zgarishlarim ish berdi. Qator imkoniyatlardan foydalana olmadik, deb o‘ylayman. Hozirgi «Dinamo»dek raqib bilan o‘yindan bir ochkodan qoniqmaslik mumkin emas. O‘ylaymanki, bu ijobiy natija. Shunga qaramay, yuta olmaganimizdan kichik afsuslanish qoldi

«Dinamo» oldin hozirgidek agressiv jamoa emasdi, bu borada kuchayibdi, buni e’tirof etishim mumkin. Shu bois bir ochko hozir yomon natija emas.

Bu yil ham chempionatda favoritlar ko‘p, hattoki o‘tgan yilgidan ham ko‘ra ko‘proq degan bo‘lardim. Ko‘p jamoalar tengkuchli bo‘ladi. O‘yinlar tomoshabop o‘tmoqda, stadionlar muxlislar bilan to‘layotgani meni xursand qiladi. Mana shunday o‘sishda davom etayotgan chempionatda ishlayotganimdan mamnunman», - dedi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 06:28, 13.04.2025.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.