"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen og‘ir jarohat olganida o‘zini qanday his qilganini esladi.
Kataloniya grandining 32 yoshli sardori sentyabr oyida tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. O‘shandan beri u maydonga tushmadi - tiklanish davom etmoqda.
"Jarohatdan so‘ng klub va "Barselona" muxlislariga pand berganimni his qildim, chunki o‘shanda eng yaxshi formada edim," - deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi The Touchline.