Birmingemning "Aston Villa" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Chempionlar ligasidan chiqib ketgach, jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Turnirning chorak finalida uning jamoasi Fransiyaning “PSJ” jamoasiga umumiy hisobda 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"PSJ" Chempionlar ligasining favoritiga aylandi. Ular endi yarim finalda va sovrin uchun kurashish imkonini beradigan kuchli darajada o‘ynashmoqda.
Luis Enrike jamoasi fantastik futbol namoyish etmoqda", - deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi Le Parisien.













