Den Bern “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin oldidan yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Bern jarohat olmaganini va avtohalokatga uchragan boshqa haydovchilarga yordam berganini qayd etdi.
"Men aylanma yo‘lda edim. U yerda ko‘plab baxtsiz hodisalar sodir bo‘ladi, chunki u yo‘l ko‘pchilikni chalkashtirib yuboradi.
Bir yigit mening pikapimni urdi, keyin yana bir kishi unga urildi. Xavfsizlik yostiqchalari ochilgan va hammasi joyida edi.
To‘g‘risini aytsam, matbuotga yuzimni ko‘rsatishdan charchadim", – dedi futbolchi.













