Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Xokkey. Armaniston Kuvaytga yutqazishi natijasida O‘zbekistonda divizion g‘olibi bo‘lish imkoniyati yuzaga keldi

Xokkey. Armaniston Kuvaytga yutqazishi natijasida O‘zbekistonda divizion g‘olibi bo‘lish imkoniyati yuzaga keldi

Baho:
+ | -

Armanistonda xokkey bo‘yicha jahon chempionati IV divizion bahslari davom etmoqda. Bugun divizion doirasida 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston terma jamoasi Eron ustidan 20:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo bu g‘alaba vakillarimiz keyingi divizionga chiqish uchun yetarli bo‘lmasdi. Boisi, jamoamiz 2-turda Armanistonga qarshi o‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, bullitlar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Shundan so‘ng, juda ko‘pchilik ushbu divizionda Armaniston g‘olib chiqishini taxmin qila boshladi.

Ammo mezbonlar bugun Kuvaytga qarshi o‘yinda o‘ziga kerakli natijani qayd eta olmadi. Kuvaytliklar ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, raqib darvozasiga 4 ta shayba yo‘llashga ulgurdi. Shundan so‘ng Armaniston "uyg‘ondi" va raqib darvozasi tomon bosim uyushtira boshladi. Ular ikkinchi taym oxirigacha 2 ta gol urishga erishishdi.

Uchinchi bo‘lim boshida armanistonliklar uchinchi golni urishgan bo‘lsa, mezbonlar hisob tenglashtiruvchi golni asosiy vaqt tugashiga 2 daqiqa qolganida kiritishdi — 4:4.

Uchinchi bo‘lim so‘ngida kuvaytlik xokkeychi qoida buzgani uchun mehmonlar overtaymni bir kishi bo‘lib boshlashdi. Armaniston esa bu ustunlikdan foydalana olmadi. Kuvaytlik xokkeychi maydonga tushib, jamoalar son jihatdan tenglashgach, mehmonlar qarshi hujumga o‘tishdi va kuchli yo‘llangan zarba natijasida shayba Armaniston darvozasiga kirib ketdi. Kuvayt g‘alaba qozondi — 5:4.

Ushbu g‘alabadan keyin Kuvaytning ochkolari 5 taga yetgan bo‘lsa, Armaniston 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston esa 7 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Xokkeychilarimiz Indoneziya (17 aprel) va Malaysiz (19 aprel) ustidan g‘alaba qozonsa, jahon chempionatining III divizioni "B" guruh yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:24, 17.04.2025.
O'qildi: 1303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик