Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

“Manchester Siti” himoyasini qayta qurmoqda: Husanov markazda asosiy figuraga aylanishi mumkin

“Manchester Siti” himoyasini qayta qurmoqda: Husanov markazda asosiy figuraga aylanishi mumkin

Baho:
+2 | -

Angliyaning yetakchi klublaridan biri — “Manchester Siti” joriy mavsumda yo‘qotgan gegemonligini kelgusi chempionatda tiklash niyatida. Klub rahbariyati yozgi transferlar davrida kuchli tarkib shakllantirib, Premyer-liga va Yevropa miqyosidagi turnirlarda bosh sovrinlar uchun jiddiy kurash olib borishni maqsad qilmoqda.

Xosep Gvardiolaning o‘yin uslubiga mos yosh va iqtidorli futbolchilarni tanlash uchun klub skautlari ish boshlab bo‘ldi. “CityXtra” portali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, himoya chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar kutilyapti.

Aynan shu maqsadda “Siti” hozirda “Udineze”da to‘p surayotgan fransiyalik himoyachi Umar Sole bilan qiziqmoqda. Uning transferi uchun klub 30 million yevro tayyorlagan. Bu futbolchiga “Liverpul” va “Chelsi” ham da’vogarlik qilmoqda.

Qizig‘i shundaki, joriy mavsum himoya chizig‘ida Manuel Akanji, Jon Stounz va Natan Ake kabi futbolchilar jarohatlar bilan kurashgani sababli, klub qishda Abduqodir Husanov va Vitor Reysni tarkibga qo‘shishga majbur bo‘lgan. Ushbu holat natijasida o‘zbek legioneri bir necha uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Abduqodirning imkoniyatlari qanday baholanmoqda?

Xosep Gvardiola yozda uni o‘zi shaxsan tayyorlab, to‘liq o‘z uslubiga moslashtirmoqchi. Murabbiy Abduqodirni kelgusidagi yangi himoya loyihasining markaziy figurasi sifatida ko‘rayotgani aytilmoqda.

Umar Soleni xarid qilish rejasi jamoa himoyasidagi raqobatni oshirishga qaratilgan bo‘lib, “Siti” tarkibdan Ake, Stounz yoki Akanjidan birini chiqarib yuborishni ham ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, klub “Yuventus” himoyachisi Andrea Kambyasoni ham o‘z tarkibiga qo‘shish niyatida.

Yil davomida salomatlik muammolariga duch kelmagan yagona himoyachi — Yoshko Gvardiol. Uning barqaror o‘yini murabbiylar shtabi tomonidan alohida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, bahorgi uchrashuvlarda Abduqodir Husanov bilan juftlikda Riko Lyuisning o‘yini ham ijobiy baholanmoqda.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 14:36, 17.04.2025.
O'qildi: 8255 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.