Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Bugun Ja’farov va Saidrahimov prof boksdagi ikkinchi janglarini o‘tkazishadi

Bugun Ja’farov va Saidrahimov prof boksdagi ikkinchi janglarini o‘tkazishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun Rossiya Federasiyasining Chelyabinsk shahrida "IBA.Pro 2" professional boks turniri bo‘lib o‘tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu oqshom doirasida o‘zbekistonlik ikki bokschi ham ringga ko‘tariladi. "Premier Boxing Academy" jamoasi a’zosi Saidjamshid Ja’farov 6 raundlik jangda rossiyalik Sergey Lubkovichga qarshi ringga chiqadi. Bu charm qo‘lqop ustamiz uchun prof ringdagi ikkinchi jang bo‘ladi. Tajribali Lubkovich esa 18 (12 nokaut) g‘alaba va bir mag‘lubiyatga ega.

Kecha bokschilar tarozidan o‘tish marosimida hozir bo‘lishdi. Ikkala bokschi ham 71 kilogrammgacha vazn toifasida tashkil etiladigan ushbu jang uchun belgilangan vazn me’yorini bajarishdi. Sergey Lubkovich - 70,6 kg, Saidjamshid Ja’farov esa 70,75 kg vazn qayd etdi. Saidjamshid to‘rt kun avval Boku shahrida yakuniga yetgan "Buyuk ipak yo‘li" turnirida Ozarbayjon nomidan qatnashib, yakunda chempion bo‘lgan edi.

Bugun turnir kardidan Madiyar Saidrahimov ishtirokidagi jang ham o‘rin olgan. Bokschimiz 6 raundlik jangda rossiyalik Andrey Stoskiyga qarshi bahs olib boradi. Hamyurtimiz tarozida raqibidan bir kilogrammga yaqin og‘irroq tosh bosdi.

IBA PRO tarozi natijalari:

-71 kg, 6 raund, IBA PRO: Sergey Lubkovich (18-0-1, KO 12, 70,6 kg) - Saidjamshid Ja’farov (1-0, O‘zbekiston, 70,75 kg);

-90,7 kg, 6 raund, IBA PRO: Andrey Stoskiy (5-0-1, KO 3, Rossiya, 90,35 kg) – Madiyar Saidrahimov (1-0, O‘zbekiston, 91,2 kg);

Bugungi turnirning asosiy jangi yarimog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov ishtirokidagi o‘tkaziladi. Ushbu jangga tayyorgarlikning katta qismini O‘zbekistonda o‘tkazgan rossiyalik bokschi germaniyalik Artur Mannga qarshi ringga chiqadi. Bu Kovalyov uchun professional faoliyatidagi so‘nggi jang bo‘ladi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 13:30, 18.04.2025.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик