Xansi Flik Lamin Yamalni daho deb atadi.
"Hamma biladi, Lamin 17 yoshda bo‘lishiga qaramay, u daho. Uning yelkasida katta mas’uliyat bor va u bizga maydonda kerak, lekin faqat eng yaxshi holatida bo‘lgandagina.
Agar biz uning yaxshi ahvolda ekanligini ko‘rsak, shuningdek, uning ko‘rsatkichlari va o‘zi ham shunday desa - u ham boshqalar qatori o‘ynaydi," - dedi "Barselona"ning bosh murabbiyi.













