Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

OFK maqolasi: Islombek Ismoilov – iste’dodlarga to‘la jamoa bilan mukammal ishni bajarishga yaqin

OFK maqolasi: Islombek Ismoilov – iste’dodlarga to‘la jamoa bilan mukammal ishni bajarishga yaqin

Baho:
+ | -

OFK rasmiy sahifasi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov haqida maqola e’lon qildi. Quyida ushbu maqolani o‘zbek tilida o‘qishingiz mumkin:

Islombek Ismoilov – ajoyib iste’dodlarga to‘la jamoa bilan mukammal ishni bajarishga yaqin. Chunki uning boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2012-yilgi U-16 Osiyo chempionati bosh sovrini qatoriga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan U-17 Osiyo kubogi chempionligini ham qo‘shib qo‘ymoqchi.

Turnir davomida O‘zbekiston juda ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda, 5 o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 15 ta gol urishga erishdi. Bosh murabbiy Islombek Ismoilov esa har bir futbolchiga imkoniyat taqdim etmoqda.

Islombek Ismoilov endigina 32 yoshda va musobaqadagi bosh murabbiylar orasida eng yosh hisoblanadi. Uning murabbiylik yo‘li yanada ertaroq boshlangan. Ismoilov 27 yoshda O‘zbekiston Superligasining 2020/2021-yilgi mavsumida "Turon" klubi bosh murabbiyi sifatida 22 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Murabbiyning qobiliyati yuqori baholandi va o‘sha vaqtdagi O‘zbekiston U-14 terma jamoasiga taklif qilinib, 3 yildan buyon ushbu jamoani boshqarib kelmoqda. Islombek Ismoilov o‘z jamoasini shakllantirishi uchun yetarli vaqtga ega bo‘ldi va natijalar sekin-asta ko‘zga tashlanmoqda.

O‘zbekiston terma jamoalarining yoshlar musobaqalaridagi ajoyib ishtirokini davom ettirgan murabbiy jamoasi Osiyo kubogining yagona yengilmas jamoasi bo‘lib qolmoqda.

Jamoa doimo raqib ustidan dominantlik qilib, vaziyatlar yaratish, golga chanqoqlikni afzal ko‘radi — O‘zbekistonni tomosha qilish zavqli.

Darvozabon Bahodir Izboskanovdan tashqari, barcha 22 nafar futbolchilar ma’lum daqiqa o‘yin o‘tkazib ulgurdi.

Hatto turnirda eng ko‘p gol kiritgan Asilbek Aliyev ham faqat ikkita uchrashuvdagina boshlang‘ich tarkibda o‘yinni boshlagani Ismoilovning o‘ziga xos boshqaruvining yorqin misoli. Bu esa jamoa ruhiyatini ko‘tarishga yordam berdi.

Ismoilovning jamoasi juda barqaror bo‘lib, jamoa kiritgan 15 ta golda 10 nafar futbolchi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Agar bu jamoa shu tempda davom etaversa, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston ushbu yosh toifasidagi musobaqada barcha uchrashuvda g‘alaba qozonib, chempion bo‘lgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylanadi. Bunga qadar Eron o‘smirlari 2008-yilgi turnirda shunday natija qayd etgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:49, 19.04.2025.
O'qildi: 4354 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.