Fransiya chempionatining 30-turida “PSJ” o‘z maydonida “Gavr”ni qabul qildi.
Luis Enrike shogirdlari 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi. Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov parijliklarning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
WhoScored portali tahlilchilari darvozabonni so‘nggi o‘yinda "PSJ"ning eng yomon o‘yinchilaridan biri deb topdi.
U va yarim himoyachi Uorren Zair-Emeri 6,0 ball oldi. Boshqa hech bir boshlang‘ich tarkibdagi o‘yinchi ulardan pastroq baho olmagan.
Joriy mavsumda Matvey poytaxtliklar safida 15 ta o‘yin o‘tkazdi.













