Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Milliy futbol markazida xalqaro standartlar asosida 8 ta maydon tashkil etilmoqda

Milliy futbol markazida xalqaro standartlar asosida 8 ta maydon tashkil etilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida zamonaviy futbol infratuzilmasini o‘zida mujassam etishi ko‘zda tutilgan Milliy futbol markazining qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. O‘FA rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh qurilish jarayonini yaqindan ko‘zdan kechirish va mas’ullar bilan loyihaning keyingi rejalarini muhokama qilish maqsadida qurilish ob’ektida bo‘ldi.

Markaz tarkibida zamonaviy mehmonxona, futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Milliy terma jamoalar uchun tayyorgarlik bazasi, Respublika futbol akademiyasi, sport tibbiyoti va reabilitasiya markazlari o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, loyiha doirasida xalqaro talablarga javob beradigan 8 ta zamonaviy futbol maydonini barpo etish rejalashtirilgan. Ular turli yosh toifalari hamda milliy terma jamoalarning mashg‘ulot jarayonlari uchun mo‘ljallangan. Futbol infratuzilmasining muhim qismi bo‘lgan ushbu maydonlarni yuqori sifatda va belgilangan muddatlarda tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tibbiyot va reabilitasiya markazini zamonaviy standartlarga muvofiq tashkil etish va eng so‘nggi uskunalar bilan jihozlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Ishchi guruh tomonidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 11:16, 20.04.2025.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.