"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong kecha bo‘lib o‘tgan "Selta"ga qarshi o‘yinda (4:2) to‘liq harakat qildi.
27 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun bu "ko‘k-anorranglilar" safidagi yubiley 250-o‘yin bo‘ldi.
De Yong bu o‘yinlarda 19 ta gol urib, 23 ta assist bergan.













