Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Olmo va Viktor ishi Ispaniya milliy sudiga oshirildi

Olmo va Viktor ishi Ispaniya milliy sudiga oshirildi

Baho:
+ | -

Dani Olmo va Pau Viktorning ishi Ispaniya milliy sudida ko‘rib chiqiladi.

2 aprel kuni La Liga kataloniyaliklarning moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolari haqida xabar berib, klubda Olmo va Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos yo‘qligini ta’kidladi, chunki "Barsa"ning tarkib uchun xarajatlar chegarasi yana pasaytirilgandi. Biroq, keyinchalik Oliy sport kengashi (CSD) o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ma’qulladi va La Liga apellyasiya berdi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha CSD qarorini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad etgan ma’muriy sud bu masalada o‘zini layoqatsiz deb topgan. Ish Milliy sudga oshirildi, u buning uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olgach, qaror chiqaradi.

Dastlab Olmo va Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi shu haftada hal bo‘lishi taxmin qilingandi, biroq ish yuqori turuvchi organga o‘tkazilgach, qaror chiqarish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi. Shu tariqa futbolchilar katta ehtimol bilan Ispaniya kubogi finalida "Real" bilan o‘ynashi va mavsumni La Ligada yakunlashi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 18:48, 24.04.2025.
O'qildi: 720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик