Superliga 8-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Mash’al» o‘yini 3 may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
«Buxoro» klubining uy stadioni mavsumga tayyor bo‘lmaganidan kelib chiqib, u raqibini «Jar» stadionida qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Klublarning U21 jamoalari ishtirokidagi bellashuv esa Buxoroda o‘tkaziladi.













