"Lion" o‘z veb-saytida dunyodagi eng yirik xalqaro aviakompaniya Emirates bilan hamkorlikni uzaytirganini e’lon qildi. Kompaniya 2029/30 yilgi mavsum oxirigacha klub futbolkalariga homiylik qiladi.
"Keyingi besh mavsumda Emirates bilan sarguzashtimizni davom ettirishdan va oldinda turgan ko‘plab imkoniyatlarni birgalikda o‘rganishdan mamnunmiz", dedi "Lion" egasi Jon Tekstor.













