Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Osiyo chempionati qahramonlarining g‘alabalari e’tirof etildi

Osiyo chempionati qahramonlarining g‘alabalari e’tirof etildi

Baho:
+ | -

15-18-aprel kunlari Saudiya Arabistonining Dammam shahrida tashkil etilgan yengil atletika bo‘yicha U-18 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgani va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagani haqida ma’lum qilgan edik.

Bugun ushbu musobaqa qahramonlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbirda Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi. Sportchilarga mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi va mamlakat yengil atletika federasiyasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov hamda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov tantanali ravishda topshirishdi.

Ta’kidlash joiz, shu kunlarda Toshkentda kattalar va 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati tashkil etilmoqda. Rasmiylar musobaqa jarayonini kuzatish bilan birga qit’a birinchiligida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yosh atletlarimizni qutlashdi. Ularni qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ham omad tilashdi.

Kiritildi: 09:26, 26.04.2025.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик