Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya top-klubi Nunyesni "Liverpul"dan sotib olishi mumkin

Ispaniya top-klubi Nunyesni "Liverpul"dan sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Urugvaylik markaziy hujumchi Darvin Nunyes joriy mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berilgan.

Manbaga ko‘ra, hujumchida faoliyatini Ispaniya va Saudiya Arabistoni chempionatlarida davom ettirish imkoniyatlari bor.

La Ligada Darvin transferiga Madridning “Atletiko” klubi qiziqmoqda. 25 yoshli futbolchining “qizillar” bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Urugvaylik futbolchining transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda. Nunyes Premyer-liganing joriy mavsumida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi beshta gol urdi.

Kiritildi: 14:52, 28.04.2025.
O'qildi: 1960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик