Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkentga World Aquatics, MOQA va Osiyo Olimpiya kengashi delegasiyasi yetib keldi

Toshkentga World Aquatics, MOQA va Osiyo Olimpiya kengashi delegasiyasi yetib keldi

Baho:
+ | -

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga World Aquatics prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) bosh direktori Husayn Al Musallam, Milliy Olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi (MOQA) birinchi vise-prezidenti hamda Qatar MOQ prezidenti shayx Joaan Ol Soniy, OOK vise-prezidenti Tani Abdulraxmon Al Kuvari boshchiligidagi yuqori martabali delegasiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Toshkent aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov va O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, OOK vise-prezidenti Otabek Umarov kutib olishdi.

Tashrif doirasida mamlakatimizda olimpiya harakati, xususan, suv sporti turlarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha rasmiy uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:35, 28.04.2025.
O'qildi: 537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик