"Atletik" vingeri Niko Uilyams Yevropa Ligasi yarim finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda jamoasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonishda davom etmoqda.
Birinchi uchrashuvda basklar o‘z uyida "qizil iblislar"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.
"Umid qilamanki, men yaqindagina Lamin Yamal kabi harakat qila olaman va akam [Inyaki Uilyams] menga yordam beradi. Biz "Old Trafford"ga kambek uchun boramiz," - deya 22 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi The Touchline.













