"Inter" yarim himoyachisi Kristyan Asllani yozda jamoani tark etishi mumkin.
23 yoshli futbolchi "neradzurrilar" safida kamdan-kam hollarda asosiy tarkibda o‘yinni boshlaydi va uning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.
FcInterNews xabariga ko‘ra, albaniyalik futbolchi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida ketishi mumkin - unga "Fiorentina" va "Bornmut" allaqachon unga qiziqish bildirmoqda.













