Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Artyom Petrosyan: «Ketma-ket mag‘lubiyatlar jamoa ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatyapti»

Artyom Petrosyan: «Ketma-ket mag‘lubiyatlar jamoa ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatyapti»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Neftchi» (0:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbon jamoaning vaqtincha bosh murabbiyi Artyom Petrosyan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— O‘yin haqida nima deyish mumkin?  Albatta, muxlislar g‘alaba kutishgandi. Afsuski, ularni g‘alaba bilan quvontira olmadik. Biz bugun o‘ta jiddiy, tashkiliy tomondan puxta jamoa bilan bellashdik. Bahs chog‘ida 1-va 2-zonalardan o‘tgan bo‘lsak ham 3-va 4-zonalarda muammolarga duch keldik. Baxtga qarshi golga tortadigan xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishimizga raqib imkon bermadi. Boz ustiga raqiblarga o‘tish fazalarida qarshilik qila olmadik. Shuning evaziga ular gollar urib ketishdi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.

— Bosh murabbiysiz jamoaga qiyin bo‘lyaptimi?

— Albatta, ruhiy tomondan qiyin bo‘lyapti. Ayniqsa, ketma-ket besh mag‘lubiyatdan so‘ng ahvol yanada yomonlashdi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar va bosh murabbiyning yo‘qligi bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Yigitlarni tetiklashtirish, ularni ruhiy o‘radan olib chiqib ketish o‘ta qiyin masalaga aylangan. To‘g‘ri, o‘yindan oldin tetiklashtirishga harakat qildik. Aftidan, bu yetarli bo‘lmagan ko‘rinadi. Nazarimda, buning uchun bizga vaqt yetarli bo‘lmadi. Nega deganda, har 3-4 kunda o‘yin o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelyapti. Bunday rejimda yetarli vaqt bo‘lmaydi. Mag‘lubiyat ketidan mag‘lubiyatlar sabab jamoa ruhiytiga ta’sir ko‘rsatyapti.

— Bugungi uchrashuvda maydon markazi boy berildi. Shunga munosabatingiz?

— Ehtimol, «Neftchi»ning o‘yinchilari ayni damda biznikilardan kuchli bo‘lgani uchun ham boy bergan bo‘lishimiz mumkin. To‘p yo‘qotilgandan keyin o‘yinga ulanish degan narsa bor. Bugungi bahsda bizga aynan shu narsa yetishmadi. «Neftchi»ning maydon markazidagi o‘yinchilari esa bu borada biznikilardan yaxshi harakat qilishdi. Aynan shu vaziyatlarda yutqazib qo‘ydik.  Biz xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishda ham oqsadik. «Neftchi» esa uchta urinishidan ikkitasini golga aylantira oldi. Farq mana shunda.

— Oleg Zoteevning o‘yiniga qanday baho berasiz?

— Birinchi gol Oleg Zoteevning chizig‘idan emasdi. U boshi bilan to‘pga o‘ynadi. Biz ikkinchi qatorda yutqazdik. Keyin o‘ng tarafimizdagi himoyachimiz diqqatini yo‘qotib qo‘ydi va Sayfiyev gol urib ketdi. Ikkinchi golda esa biznikilar birga-bir vaziyatda yutqazishdi. Qanday baho berish mumkin? Xatolarga yo‘l qo‘ymaydigan futbolchining o‘zi yo‘q. Zoteev o‘z ishiga professional tarzda yondashyapti. Jamoadagi hamma juda mamnun. Mashg‘ulotlarda faol qatnashib, asosiy tarkib o‘yinchisi ekanligini isbotlayapti.

—  Yaqqol hujumchi Rustam Turdimurodov o‘rniga yarim himoyachi Usmonali Ismonaliyev maydonga tushdi. Keyinchalik esa hujumchi Islam Mashukov o‘yinga qo‘shildi. Bu sizning taktik qarashingizmidi?

— Bu vabank. Usmonali uchun hujumda o‘ynashi yangilik emas. Oldin ham to‘p surgan. «Bunyodkor»da ham hujumda o‘ynagan paytlari bo‘lgan. Oldida chaqqonroq futbolchi kerak edi. Shuning uchun uni maydonga tushirdik.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:01, 10.05.2025.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.