"Bavariya" vingeri Leroy Sane yozda jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi Sky Sport Germany.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli germaniyalik futbolchi klub taklif qilgan yangi shartnomadan qoniqmayapti va u myunxenliklarni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Futbolchiga "Arsenal," "Chelsi" va La Liganing ba’zi jamoalari da’vogarlik qilmoqda.
Sane joriy mavsum 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













