Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Bavariya"ning ayrim futbolchilari chempionlikni Ibisada nishonlashdi

"Bavariya"ning ayrim futbolchilari chempionlikni Ibisada nishonlashdi

Baho:
+ | -

"Bavariya"ning bir qancha futbolchilari chempionlikni Ibisada nishonlashdi.

Myunxen klubi 2024/25 yilgi mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida Bundesligadagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bild nashri xabar berishicha, "Bavariya" futbolchilari Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi bilan o‘yinning ertasiga (2:0) yakshanba kuni shaxsiy samolyotda Ibisaga uchib ketishdi, chunki, o‘yindan keyin Vensan Kompani jamoaga ikki kunlik dam bergandi.

Safarda 13 nafar futbolchi qatnashdi: Tomas Myuller, Manuel Noyer, Xarri Keyn, Kingsli Koman, Erik Dayer, Serj Gnabri, Leon Goreska, Rafael Gerreyro, Konrad Laymer, Aleksandr Pavlovich, Yosip Stanishich, Dayot Upamekano va Yonas Urbig.

Bild xabariga ko‘ra, futbolchilar o‘tgan haftada Ibisaga sayohat qilishni rejalashtirishgan, biroq klub rahbariyati mavsum oxirigacha chempionlikni nishonlashni taqiqlagandi.

Kiritildi: 23:22, 12.05.2025.
O'qildi: 1386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик