Polshaning Varshava shahrida World Boxing tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichida o‘zbek charm qo‘lqop ustalari g‘alabali odimlarini davom ettirmoqda.
Biroz oldin mahoratli hamyurtimiz Mirazizbek Mirzahalilov -55 kg vaznda yarim finalga yo‘l oldi. Bokschimiz bu yo‘lda Uels bokschisi Kory Jonesni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.













