Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

"Real" "Milan" yulduziga qiziqib qoldi (Marca)

"Real" "Milan" yulduziga qiziqib qoldi (Marca)

Baho:
+ | -

"Real" "Milan" yarim himoyachisi Tidjani Reyndersni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Marca xabariga ko‘ra, Madrid klubi Niderlandiya terma jamoasining 26 yoshli xavbeki uchun kurashga qo‘shilishga tayyor.

Avvalroq, "Milan" bilan muzokaralarning dastlabki bosqichida "Manchester Siti" borligi xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, agar "Milan" Italiya chempionati yakunlariga ko‘ra yevrokuboklarga chiqa olmasa, futbolchining narxi pasayishi mumkin. Reyndersning amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar imzolangan.

U joriy mavsum italiyaliklar safida barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:25, 14.05.2025.
O'qildi: 1393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик