Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Buxoro» - «Dinamo» prevyusi: Ko‘hna shaharlar jamoalarining o‘zaro 51-to‘qnashuvi

«Buxoro» - «Dinamo» prevyusi: Ko‘hna shaharlar jamoalarining o‘zaro 51-to‘qnashuvi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy chempionatiga start berilgan 1992 yildan buyon ikki ko‘hna shahar – Samarqand va Buxoroning bosh jamoalari o‘zaro 50 marotaba to‘qnash kelgan.

1992 yildan 2000-yillarga qadar Samarqand jamoasi «Dinamo», «Maroqand» va «Afrosiyob» nomlari ostida turnirda qatnashgan bo‘lsa, Buxoro jamoasi «Nurafshon» va «Buxoro» nomi ostida ishtirok etgan.

Superliga va Pro liga tarixidagi o‘zaro o‘yinlarda 22 uchrashuvda «Buxoro», 18 o‘yinda esa «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan. 10ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik «Buxoro» tomonida: 65:63. «Buxoro» o‘zaro o‘yinlarda 76 ochkoga ega bo‘lgan, «Dinamo» esa 64 ochkoni qo‘lga kiritgan. «Dinamo»ning «Buxoro» ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 4:1ga teng bo‘lsa, «Buxoro»ning tarixda «Dinamo» ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 6:0.



«Buxoro» va «Dinamo». So‘nggi 10 yillik natijalar:
20.03.2015 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1
08.08.2015 «Dinamo» - «Buxoro» 2:0
2016 yil: «Dinamo» Pro liga
15.04.2017 «Dinamo» - «Buxoro» 3:1
16.09.2017 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0
2018 yil: «Dinamo» Pro liga
19.05.2019 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0
27.08.2019 «Dinamo» - «Buxoro» - 0:3
2020 yil: «Dinamo» Pro liga
20.05.2021 «Dinamo» - «Buxoro» - 3:1 (Pro liga)
05.09.2021 «Buxoro» - «Dinamo» - 1:1 (Pro liga)
05.09.2021 «Buxoro» - «Dinamo» - 0:2 (Pro liga)
07.11.2021 «Dinamo» - «Buxoro» - 1:2 (Pro liga)
2022 yil: «Dinamo» - Superliga, «Buxoro» Pro liga
2023 yil: «Buxoro» - Superliga, «Dinamo» Pro liga
2024 yil: «Dinamo» - Superliga, «Buxoro» Pro liga;

«Buxoro»ning Superligada so‘nggi 5 o‘yindagi natijasi:
12.04. Qo‘qon-1912 – Buxoro 1:0
19.04. Buxoro – Nasaf 1:3
27.04. Navbahor – Buxoro 3:0
03.05. Buxoro – Mash’al 1:2
10.05. Paxtakor – Buxoro 6:0

«Dinamo»ning Superligada so‘nggi 5 o‘yindagi natijasi:
06.04. OKMK – Dinamo 0:0
12.04. Dinamo – So‘g‘diyona 1:1
20.04. Andijon – Dinamo 1:2
04.05. Sho‘rtan – Dinamo 1:3
09.05. Dinamo – Surxon 1:0.

«Dinamo» va «Buxoro»da to‘p surganlar...
Ushbu ikki jamoada to‘p surgan samarqandlik va buxorolik futbolchilar talaygina. Jumladan, Olim Tillayev, Mixail Fomin, Ilhom Yunusov, Asqar Muhiddinov, Artyom Filiposyan, Bahodir Nasimov singari samarqandlik taniqli futbolchilar o‘z vaqtida “Buxoro”da ham munosib to‘p surgan bo‘lishsa, Ulug‘bek Baqoyev, Jamshed Saidov, Shuhrat Fayziyev, Jasur Hasanov singari buxorolik futbolchilar o‘z vaqtida “Dinamo” safida ham muxlislar qalbidan o‘rin olgan.

«Jar» stadionidagi uchrashuv dastlab soat 20:00da boshlanishi e’lon qilingan bo‘lsa, so‘ng ikki soat vaqtliroq – 18:00da boshlanishi PFL tomonidan ma’lum qilingandi. Ulug‘bek Baqoyev va Vadim Abramov shogirdlari o‘rtasidagi qiziqarli uchrashuv «Yoshlar» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Superliga. 10-tur. 17 may (shanba)
«Buxoro» — «Dinamo»
O‘yin vaqti: 18:00
Toshkent, «Jar» stadioni
Translyasiya: Yoshlar TV
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
VAR: Asker Najafaliyev

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:11, 17.05.2025.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик