Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Ispaniya Superkubogi-2026 musobaqasida qatnashuvchilar va juftliklar aniq bo‘ldi

Ispaniya Superkubogi-2026 musobaqasida qatnashuvchilar va juftliklar aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogi musobaqasida qatnashadigan barcha jamoalar va yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi.

Musobaqada to‘rt jamoa ishtirok etadi: Kataloniyaning «Barselona»si, Madridning «Real» va «Atletiko» jamoalari hamda Bilbao shahrining «Atletik» klubi.

Ma’lumki, Superkubokning standart formatiga ko‘ra, Ispaniya chempionatining ikki yetakchi jamoasi va mamlakat Kubogi finalchilari ishtirok etadi. Biroq bu yil «Barselona» va «Real» La Liganing birinchi va ikkinchi o‘rinlarini egallagan hamda Kubok finalida o‘ynagani sababli, Superkubokda liganing uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarini egallagan jamoalar — «Atletiko» va «Atletik» ishtirok etadi.

Jurnalist Mister Chip'ning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, yarim finalning birinchi uchrashuvida Madridning ikki jamoasi — «Real» va «Atletiko» to‘qnash keladi. Ikkinchi yarim finalda esa «Barselona» va Bilbaoning «Atletik» jamoasi o‘zaro bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 2026 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. 2022 yildan beri Ispaniya Superkubogi Saudiya Arabistonida o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur musobaqaning amaldagi g‘olibi — «Barselona» bo‘lib, u finalda «Real»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:43, 19.05.2025.
O'qildi: 4128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик