“Manchester Yunayted” hujumchisi Alexandro Garnacho Yevropa ligasi finalida “Tottenxem”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:0) himoyachi Kristian Romero haqida fikr bildirdi. Argentinalik futbolchi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Romero - dunyodagi eng yaxshi markaziy himoyachi", - deya Garnacho so‘zlarini keltiradi ESPN.
“Manchester Yunayted” ketma-ket ikkinchi Yevropa ligasi finalida mag‘lub bo‘ldi. 2021 yilda mankunianliklar “Vilyarreal”ga yutqazgandi.













