Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi, hozirda “Los-Blankos” yoshlar jamoasiga murabbiylik qilayotgan Raul Gonsales jamoani tark etishga qaror qildi.
Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.
Raul yoshlardan tashqari Madrid yoshlar jamoasida ham ishlagan.
Manbaga ko‘ra, u asosiy jamoani o‘ziga ishonib topshirishmaganidan norozi bo‘lgan.
Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgan Karlo Anchelotti o‘rniga "Real"ga klubning yana bir sobiq futbolchisi Xabi Alonso keladi.













